Bu mening saytdagi birinchi maqolam bo’lgani uchun o’zimni tanishtirishga ruxsat bering: ismim Anton Guryev, men UzumTech kompaniyasining tizim tahlilchisiman. uzbanklar.com blogi orqali O‘zbekistonning moliyaviy mahsulotlarini tadqiq qilib, solishtirib ko‘raman. Maqsadim – sizlarga O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlardan foydalanish tajribasi haqida ma’lumot berish hamda mahsulot menejeri sifatida bilimlarim va ko‘nikmalarimni oshirishdir. Bugun men sizlarga AVO Bankning yangi Avo Platinum kredit kartasi haqida aytib bermoqchiman.
- Moliyaviy mahsulotlarni sinovdan o’tkazuvchi uchuvchi
- Avo Platinum kredit kartasi haqida
- Ro’yxatdan o’tish va Avo Platinum kredit kartasini rasmiylashtirish
- Avo Platinum plastik kredit kartasini olish
- Bonus dasturi
- Avo Platinum kredit kartasining afzalliklari
- AVO Platinum kredit kartasining kamchiliklari
- Xulosa
Moliyaviy mahsulotlarni sinovdan o’tkazuvchi uchuvchi
Bu Stim– moliyaviy mahsulotlarni sinovdan o‘tkazadigan professional uchuvchi. Stim menga O’zbekiston moliyaviy bozorining yangi mahsulotlarini sinovdan o’tkazishda yordam beradi.
Avo Platinum kredit kartasi haqida
AVO Bank – O‘zbekiston bozoridagi yangi raqamli bank bo‘lib, hozircha mijozlariga faqatgina 1 ta kredit mahsulotini taklif qiladi: MasterCard to‘lov tizimi asosidagi AVO Platinum kredit kartasi.
Avo Platinum kredit karta parametrlari
- Kredit limiti – 50 mln so ‘ m
- Imtiyozli muddat – 45 kungacha (30 kun xaridlar uchun + 15 kun to‘lov uchun)
- Yillik foizi – 47,9%
Qarz oluvchiga qo’yiladigan talablar
- Yoshi: 18 yoshdan boshlab
- Fuqaroligi: O’zbekiston
Xizmat ko‘rsatish narxi
– Virtual kartani chiqarish: bepul
– Plastik kartani chiqarish: 59 000 so‘m
Karta bo’yicha xizmat ko’rsatish:
- oyiga 180 000 so‘mgacha bo‘lgan xarajatlar uchun – bepul
- oyiga 180 000 so‘mdan ko‘p xarajatlar uchun – 18 000 so‘m
– SMS/PUSH xabarnoma: oyiga 11 900 so‘m
Naqd pul yechish
Naqd pulni o‘z mablag‘laridan yechish:
- AVO bankomatlari va mobil ilovasida – bepul
- Boshqa bankomatlarda – operatsiya summasidan 0,5%
Kartadan kartaga o‘z mablag‘laridan pul o‘tkazish: bepul
Naqd pulni kredit mablag‘laridan yechish: 29 000 so‘m + operatsiya summasidan 2,9%
Kartadan kartaga kredit mablag‘laridan pul o‘tkazish: 29 000 so‘m + operatsiya summasidan 2,9%
Naqd pul yechish va o‘tkazmalar uchun limit: bitta operatsiya 5 000 000 so’mgacha, oyiga 50 000 000 so’mgacha
O‘z mablag‘lari bilan to‘lovlar: AVO mobil ilovasida bepul
Kredit mablag‘lari bilan to‘lovlar: AVO mobil ilovasida bepul (imtiyoz doirasiga kirmaydigan operatsiyalar bundan mustasno)
Avo Platinum foizsiz muddati
- Kartadagi foizsiz muddati kartadan birinchi xarid qilingan kundan boshlab hisoblanadi.
- Ushbu sanadan boshlab 30 kun davomida kredit limitidan foydalanishingiz mumkin.
- 31-kuni Bank kredit kartasi bo‘yicha hisob qaydnomasini shakllantiradi va 15 kun muddatda to‘lovni amalga oshirish uchun vaqt beradi – bu davr mobaynida kartadagi barcha qarzni to’lasangiz, foizsiz muddat qayta tiklanadi va limitdan qayta foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.
- Qarz qaytarilishi davomida yangi imtiyozli davr boshlanadi.
Ro’yxatdan o’tish va Avo Platinum kredit kartasini rasmiylashtirish
Birinchi qadam: ilovani yuklab olish
Stim ilovalar do’konidan ilovani yuklab oldi – bu erda hammasi oson va qulay, shuningdek, Bankning saytida berilgan QR kodi orqali ham ilovani yuklab olish mumkin edi.
Ikkinchi qadam: ro’yxatdan o’tish
Ilovani birinchi marta ochganida, Stim darhol telefon raqami orqali ro’yxatdan o’tish ekran maydonini ko’rdi. Keyinchalik Stim MyID orqali identifikatsiyadan o’tdi, buning uchun pasport raqami yoki JSHSHIR(PINFL) va telefonning oldi kamerasi yordamida yuzni skanerlash kerak edi (bu yerda Stim shlemini yechishga majbur bo’ldi).
Uchinchi qadam: virtual plastik karta chiqarish
Muvaffaqiyatli identifikatsiyadan so’ng, 2 daqiqa ichida tizim virtual kredit kartasini chiqaradi.
To’rtinchi qadam: limitlarni olish
Kredit kartasi chiqarilgandan so’ng, Bank mijozning kredit tarixini MyID orqali olingan ma’lumotlar asosida tahlil qiladi, va shu asosida mijozga kredit limiti beriladi. Stimga kelsak, bu jarayon 10 daqiqa davom etdi.
Hammasi juda tez va qulay. V15 daqiqa ichida Stimning virtual kartasi tasdiqlangan limiti bilan tayyor bo’ldi va u sarflashni (xarajatlarni amalga oshirishni) boshladi.
Avo Platinum plastik kredit kartasini olish
Plastik kredit kartasini chiqarish: Bu yerda AVO bankiga alohida rahmat aytish kerak, plastik kartani olish jarayoni oson va qiziqarli bo’lib chiqdi.
AVO Bank ilovasida Stim plastik kartaga buyurtma berdi.Bankning va’dasiga ko’ra, ushbu kartani o’sha kunning o’zida AVO Bankning istalgan terminalidan olish mumkin edi, Stimga kartani faqat ertasiga olishga muvaffaq bo’ldi.
- Stim postamatga keldi
2. Postamat ekranida AVO Platinum karta olish variantini tanladi
3. AVO Bank ilovasi yordamida QR kodni skanerladi
4. Ochilgan seyfdan kartani oldi
5. Kartadagi QR kodni ilova yordamida skanerladi
6. PIN kodni o‘rnatdi (biz uni sizga ko‘rsatmaymiz)
Hammasi tayyor, Stim yana xarajat qilishga shoshildi, uni deyarli to’xtatib bo’lmasdi, lekin biz buni uddaladik.
Bonus dasturi
Kredit kartasini ochish paytida Stim 250 000 so’m bonus oldi. Bankning va’dasiga ko’ra, ushbu ballar yordamida Bankning naqd pul yechib olish va pul o’tkazmalari uchun komissiyasi va kartani xizmat ko’rsatish to’lovlari uchun ishlatish mumkin. Bundan tashqari, har bir jalb qilingan do’st uchun 50 000 so’m, tug’ilgan kun uchun 100 000 so’m qo’shimcha bonuslarni ham olish mumkin. Oyiga maksimal bonus miqdori 5 mln. so’mni tashkil qilishi mumkin.
Aslida, Bank mijozlar yordamida o’z mijoz bazasini kengaytirishga harakat qilmoqda va mijoz buning evaziga kichik bonus oladi. Ushbu aksiya qancha vaqt davom etishi noma’lum.
Avo Platinum kredit kartasining afzalliklari
- Katta imtiyozli muddati
- Bepul virtual karta xizmati
- Internet do’konlarida xaridlar. Plastik kartani olganda esa oddiy do’konlarda ham to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati.
- Kartaga tezkor limit olish
- Jarayonning shaffofligi
- Bonus dasturi
AVO Platinum kredit kartasining kamchiliklari
Birinchi kamchilik – bu monitoringda tranzaktsiyalarning noto’g’ri aks ettirilishi. Plastik kartani olish uchun Stimdan faqat 59 ming so’m emas, balki 59 ming so’mga qo’shilib yana 22 ming so‘m yechib olingan. Bu esa kartaning limitida minus 81 ming so‘m miqdorida ko’rsatildi, biroq tranzaksiya tarixida va karta hisobotida faqat 59 ming so‘m aks etgan.
Ikkinchi kamchilik – tushunarsiz mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari. Telegram bot orqali faqat tariflar, bonus dasturlari, kartani olish va foydalanish haqida ma’lumot olish mumkin. Telegram botida savol berish yoki qo’shimcha ma’lumot olish imkoniyati yo’q. Qo’llab-quvvatlash faqat «yordam va fikr-mulohaza» bo’limida joylashgan telefon orqali amalga oshiriladi.
Uchinchi kamchilik – kartalarni to’ldirish faqat Bankning mobil ilovasi orqali amalga oshirilishi mumkin. Boshqa ilovalar orqali kartani ko’rish va to’ldirish imkoniyati yo’q.
Xulosa
AVO Platinum kredit kartasi haqida nima deyish mumkin:
- Kredit pulini tez olish imkoniyati: taxminan 15 daqiqa ichida virtual kartangizda tasdiqlangan pul miqdori tushadi.
- bir kun davomida siz plastik kartani ham olishingiz mumkin, ammo plastik kartadan oyiga 180 000 so’mdan ortiq mablag ‘ sarflanganda oylik to’lovingiz – 18 000 so’m bo’ladi.
- Ilova haqida aytishimiz mumkinki, uni ishlatish juda oson, men ushbu bosqichda raqobatchilarga nisbatan alohida farqli xususiyatlari borligini sezmadim.
Agar sizga tezkor pul, qo’shimcha Mastercard kerak bo’lsa va qarzni imtiyozli muddat davomida to’lashingiz mumkinligiga ishonchingiz bo’lsa, unda AVO Platinum kartasini ikkilanmasdan olishingiz mumkin. Aks holda, agar yuqorida sanab o’tilgan shartlardan hech biri sizga mos kelmasa, unda ushbu mahsulot siz uchun emas, chunki imtiyozli muddatdan keyin foiz stavkasi juda yuqori, va siz xaridlarni boshqa karta orqali ham amalga oshirishingiz mumkin.